» » Qoraqalpog‘istonlik marhum bloger Furqat Yusupovning kitobi 10 ming nusxada chop etiladi

Qoraqalpog‘istonlik marhum bloger Furqat Yusupovning kitobi 10 ming nusxada chop etiladi


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan “Yoshlar sport haftaligi” doirasida taniqli bloger, “Kruz.uz” sayti asoschisi marhum Furqat Yusupovning onasi bilan uchrashib, oila a’zolari holidan xabar oldi.

Onasining aytishicha, Qahramon Quronboyev Furqatning ijodini va tashkilot tizimidagi faoliyatini yuksak qadrlagan. Uning ijodiy ishlaridan tarkib topgan yangi kitobini 10 ming nusxada chop etilishiga va’da bergan.

Furqat Yusupov qisqa umri davomida 6000 dan ortiq dolzarb mavzularda maqolalar yozgan. Ular yaxlit kitob holida chop etilmagan. Furqat Yusupovning o‘zi xomaki nusxada bir nechta kitob chiqargandi. Mana shu kitoblar va eng sara maqolalar kitob holida nashr etish uchun taqdim qilindi. Hozircha kitobning nomi ma’lum emas. Mazkur kitob Furqat Yusupovning tug‘ilgan kunida, ya’ni joriy yilning 11-dekabrida chop etiladi.

Yil yakuniga qadar 10 ming nusxadagi kitoblar blogerning muxlislariga yetib boradi.

Ma’lumot uchun, jurnalist Furqat Yusupov 1992-yil 11-dekabrda tug‘ilgan, shu yil 7-iyun kuni baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lgandi. U asos solgan “Kruz.uz” sayti 2016-yilda “Milliy internet tanlovi”da “Ikki tilda yaratilgan eng yaxshi sayt” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan. U o‘limiga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining matbuot kotibi lavozimida faoliyat olib borgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 23:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют