» » Bundesliga. “Ayntraxt” 7 ta gol urib yutdi, bugun esa “Bavariya”, “Borussiya D”, “Bayer” va “Shalke-04” o‘ynaydi

Bundesliga. “Ayntraxt” 7 ta gol urib yutdi, bugun esa “Bavariya”, “Borussiya D”, “Bayer” va “Shalke-04” o‘ynaydi


Kecha, 19-oktabr sanasida futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 8-tur uchrashuvlariga start berildi.

Turning ilk o‘yinda “Ayntraxt” o‘z maydonida “Fortuna”ni qabul qilib, 7:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida 20 yoshli serbiyalik futbolchi Luka Yovich 5 ta gol urib, penta-trik qayd etdi.

Bugun esa tur doirasida 6 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Jumladan, “Bavariya” “Volfsburg” maydoniga safar qilsa, “Shtutgart” peshqadam “Borussiya D”ni mehmon qiladi. “Bayer Leverkuzen” jamoasi esa o‘z uyida “Gannover”ni qabul qialdi. Uchala uchrashuv ham 18:30 da boshlanadi.

Kunning so‘nggi o‘yinida “Shalke-04” “Verder”ni imtihondan o‘tkazadi. O‘yin 21:30 da boshlanadi.

Bundesliga

8-tur bellashuvlari

19-oktabr, juma

Gollar: 1:0 – 20, penalti Aller, 2:0 – 26 Yovich, 3:0 – 34 Yovich, 4:0 – 50 Aller, 4:1 – 53 Lukebakio, 5:1 – 55 Yovich, 6:1 – 69 Yovich, 7:1 – 72 Yovich.

20-oktabr, shanba

21-oktabr, yakshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2018, 13:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют