» » Inqiroz davom etadi: “Real Madrid” o‘z maydonida “Levante”ga yutqazib qo‘ydi (video)

Inqiroz davom etadi: “Real Madrid” o‘z maydonida “Levante”ga yutqazib qo‘ydi (video)


Bugun, 20-oktabr sanasida Ispaniya La Ligasi 9-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.

Kecha oqshomda turning ilk o‘yinida “Selta” o‘z maydonida “Alaves”ni qabul qilib, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mazkur g‘alaba “Alaves”ni musobaqa peshqadamiga aylantirdi.

Hozirgina “Real Madrid” kunning ilk o‘yinida “Levante”ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Avvaliga mehmonlar vakili Morales hamda Marti gol urib, “Levante”ni 0:2 hisobida oldinga olib chiqqan bo‘lsa, “Real”ning o‘yindagi yagona golini 72-daqiqada braziliyalik Marselo kiritdi. Shu tariqa “Real” navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Moralesning goli

Martining goli

Marseloning goli

“Vilyarreal” esa “Atletiko Madrid”ga qarshi kurash olib boradi. Bellashuv 21:30 da boshlanadi.

Turning markaziy o‘yinida “Barselona” “Kamp Nou”da “Sevilya” bilan kuch sinashadi. O‘yin 23:45 da boshlanishi belgilangan.

La Liga

9-tur bellashuvlari

19-oktabr, juma

Gol: 0:1—58 Pina.

20-oktabr, shanba

Gollar: 0:1 – 6 Morales, 0:2 – 13, penalti Marti, 1:2 – 72 Marselo.

“Real Madrid”: Kurtua, Varan, Marselo, Odriosola (Beyl, 46), Ramos, Isko (Benzema, 60), Kazemiro, Vaskes, Modrich, Asensio (Sebalos, 60), Dias.

“Levante”: Olasabal, Postigo (Rodriges, 75), Rober, Tono, Kabako, Morales, Rochina (Dukure, 67), Bardi, Kampanya, Jeyson, Marti (Boateng, 79).

Ogohlantirishlar: Kabako (53), Jeyson (89).

21-oktabr, yakshanba

22-oktabr, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2018, 18:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют