» » Jizzaxda o‘z otasini o‘ldirgan o‘g‘ilga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Jizzaxda o‘z otasini o‘ldirgan o‘g‘ilga nisbatan sud hukmi o‘qildi


Do‘stlik tumani, Bunyodkor QFY, X.Olimjon ko‘chasi, 5-uy, 2-xonadonda yashovchi Shaxzod Qozoqboyev o‘g‘li 12 yildan buyon onasi G.Namozova bilan birga yashamayotgan otasi Zafarobod tumani, Uzun QFY, Turkiston ko‘chasida yashovchi Ali Nomozovning muttasil ravishda onasini xo‘rlab, uni sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib kelayotganligidan nafratlanib, otasini qasddan o‘ldirish maqsad qilgan. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod tuman sudi xabar berdi.

Shaxzod Qozoqboyev 2018-yil 16-iyun kuni Paxtakor tumani markaziy dehqon bozoridan pichoqcha sotib olib, shu kuni soat 22:10 larda Zafarobod tumani, Uzun QFY, hududida joylashgan “Oybekina-bekina” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldida otasi A.Namozovni uchratib, u bilan yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida o‘zi bilan olib kelgan pichoqcha bilan uning bo‘yin sohasidan kesib hayoti uchun xavli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazishi oqibatida A.Namozov voqea joyida vafot etgan.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod tuman sudi tomonidan 2018-yil 18-oktabr kuni ko‘rib chiqilib, Sh.Qozoqboyevning aybiga iqror va pushaymonligini, oilaviy ahvolini, yoshligini, muqaddam sudlanmaganligini, jabrlanuvchining unga nisbatan da’vosi yo‘qligini inobatga olib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK 97-moddasi1-qismi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2018, 09:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют