» » Qashqadaryoda soxta diplom bilan 20 yildan ortiq maktabda o‘qituvchilik qilib kelayotgan shaxslar aniqlandi

Qashqadaryoda soxta diplom bilan 20 yildan ortiq maktabda o‘qituvchilik qilib kelayotgan shaxslar aniqlandi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Mirishkor tumani bo‘limi soxta diplom bilan ko‘p yillardan beri maktabda ishlab kelayotgan o‘qituvchilarni aniqladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ikki fuqaro — S.G. va B.A. o‘zlarining Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan berilgan diplomlari qalbaki ekanligini oldindan bilgan.

Shunga qaramay, fuqaro S.G. Mirishkor tumanidagi 8-maktabda 1993-yildan 2018-yilga qadar boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi, fuqaro B.A. esa 9- maktabida 1997-yildan 2018-yilga qadar jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlab kelgan.

“Tekshirish davomida fuqarolar S.G. va B.A.ga qalbaki diplomlarni yuqoridagi oliygohda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan X.Z. ismli shaxs tayyorlab berganligi aniqlangan”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Qayd etishlaricha, “mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют