» » InnoWeek innovatsion g‘oyalar haftaligining ilk kunida 9 ta memorandum imzolandi

InnoWeek innovatsion g‘oyalar haftaligining ilk kunida 9 ta memorandum imzolandi


23-oktabr kuni InnoWeek innovatsion haftalik doirasida Xalqaro innovatsion-investitsion forum va xalqaro innovatsion ko‘rgazma o‘z ishini boshladi. Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmat xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu tadbirning ilk kunida BMT Taraqqiyot dasturi, Angliya, Italiya, Isroil, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston korxonalari, hamda O‘zbekistondagi xorijiy kompaniyalar bilan anglashuv memorandumlari imzolandi. Mazkur bitimlar Innovatsiya laboratoriyalari, ikkilamchi energoresurslar, davlat axborot tizimlari, sog‘likni saqlash, robototexnika, muqobil energiya kabi sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Jumladan, BMT Taraqqiyot dasturi bilan imzolangan hujjat davlat boshqaruvi masalalarini rejalashtirish, amalga oshirish va monitoring qilish jarayonlari samaradorligini oshirishga davlat xizmatchilari malakasining oshishiga xizmat qiluvchi innovatsion yondoshuvlarni o‘rganish, sinovdan o‘tkazish va joriy etishga qaratilgan. Shuningdek davlat xizmatlarining fuqarolar va tadbirkorlar uchun sifatini yaxshilashga va imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Qozog‘iston “Kazrobotiks” Ta’lim va sport robototexnika federatsiyasi bilan imzolangan anglashuv memorandumining maqsadi ta’lim robototexnikasi sohasida hamkorlik, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va ta’lim robototexnikasiga bag‘ishlangan boshqa tadbirlarni tashkil etish va ularda ishtirok etish, mazkur sohaga oid amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tahlil qilish va ularni kiritish, shuningdek ta’lim robototexnikasi sohasida ikki mamlakat tashkilotlari o‘rtasida aloqalarni kengaytirishdan iborat.

“Xitoy markazi” Kembrij innovatsion parki bilan ham memorandum imzolandi va Londonda O‘zbek-Xitoy texnoparki ochish imkoniyatlari haqida muzokaralar olib borildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют