» » NYT: Rossiya va Xitoy josuslari Trampning telefon orqali so‘zlashuvlarini tinglamoqda

NYT: Rossiya va Xitoy josuslari Trampning telefon orqali so‘zlashuvlarini tinglamoqda


Xitoy va Rossiya AQSh prezidenti Donald Trampning telefon orqali so‘zlashuvlarini tinglamoqda. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda, deb yozadi “Kommersant”.

Nashrga ko‘ra, Amerika razvedkasi josuslar janob Tramp ayfoni orqali “eski do‘stlari” bilan “g‘iybatlashishini” tez-tez eshitib turishini aniqlagan.

Prezidentning yordamchilari unga xavfsizlik nuqtai nazaridan shaxsiy telefonidan foydalanmaslikni bir necha marta tavsiya qilgan, biroq Donald Tramp telefonidan foydalanishda davom etmoqda. Gazeta suhbatdoshlarining so‘zlariga qaraganda, xitoylik josuslar bunday so‘zlashuvlardan Amerika prezidenti qanday fikrlashi, qaysi dalillar uni ishontirishi va u kimga quloq tutishini bilib oladi.

Rossiyalik josuslar janob Trampni kamroq tinglaydi. Bunga Vladimir Putinning Donald Tramp bilan “yaqinligi” sabab ekanligi taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 1) ( 76) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...