» » The New York Times: Tramp kelajakni Xitoy va Rossiyaga boy bermoqda

The New York Times: Tramp kelajakni Xitoy va Rossiyaga boy bermoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp kelajakni o‘zi Qo‘shma Shtatlarni himoya etishni va’da qilgan davlatlarga boy bermoqda. Bu haqda The New York Times chop etgan maqolada ta’kidlangan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Gazetaga ko‘ra, AQSh ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi, voqealarning ko‘zda tutilmagan rivojiga duch keldi, biroq umuman olganda Vashingtonning dunyo siyosatidagi ishtirokidan foyda ko‘proq bo‘ldi. Jumladan, Qo‘shma Shtatlar prezidentlari NATO, BMT, Jahon banki va XVJ kiradigan global xavfsizlik tizimini yaratishga yordam berdi.

Biroq Tramp endi bu tizimga “bolta bilan” yondashmoqda. U “Amerika hammasidan ustun” degan shiorni bayroq qilib olgan, ammo shu bilan birga mamlakatni global siyosatda ikkinchi darajali o‘ringa tushirib qo‘ymoqda.

Shu tariqa Tramp nafaqat Qo‘shma Shtatlarning ishonchli ittifoqdosh sifatidagi nufuzini boy bermoqda, balki o‘zi amerikaliklarni himoya qilishni istagan davlatlarga yo‘l bermoqda. Ular orasida Xitoy va Rossiya bor.

“Janob Tramp Amerika hammasidan ustun deydi. Biroq Amerika oxiridagiga o‘xshaydi”, — kinoya qiladi gazeta.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-10-2017, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют