» » Liviya poytaxtidagi to‘qnashuvlar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Liviya poytaxtidagi to‘qnashuvlar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi


Liviya poytaxti Tripolida bir necha kundan beri tinmayotgan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lganlar soni o‘n kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

To‘qnashuvlar 23-fevral kuni oqshomda, Tripolining Abu-Slim tumanida Milliy birdamlik hukumati rahbari Faiz Saraj tarafdorlari va ta’qibga uchragan bosh vazir Xalifa al-Gveyl hammaslaklari o‘rtasida boshlangan edi.

Har ikki tomon bir-birini o‘z jangarilarini o‘g‘irlab ketishda ayblab chiqqan, shundan so‘ng to‘qnashuvlar boshlanib ketgan.

Xabar berishlaricha, mojaro vaqtida nafaqat yengil o‘qotar qurollardan, balki tanklardan ham foydalanilmoqda. Natijada bir necha shifoxona, turar joy binolari, do‘kon va maktablar yonib ketgan yo qisman vayron bo‘lgan.

Tartibsizliklar ortidan hozirgi vaqtda Liviyada bir-biridan mustaqil va ayni vaqtda bir-biri nizolashayotgan uchta hukumat yuzaga kelgan. Biri — xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Sarajning Milliy birdamlik hukumati.

Ikkinchisi — Tripolidan 200 kilometr masofada joylashgan Misratadan turib ishlayotgan, Umumiy milliy kongress (sobiq muvaqqat parlament) deputatlari tomonidan tuzilgan al-Gveylning Milliy qutqaruv hukumati.

Bundan tashqari, Abdulla Abdurahmon at-Taniy boshchiligida Sharqiy Vazirlar mahkamasi ham mavjud.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют