» » DXX sa’y-harakatlari bilan xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolari ushlandi va O‘zbekistonga qaytarildi

DXX sa’y-harakatlari bilan xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolari ushlandi va O‘zbekistonga qaytarildi


Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligiga tahdid soluvchi va ayni paytda Suriya davlatida faoliyat yuritayotgan “Kotibatul Imom-al Buxoriy” va “Kotibatul Tavhid va Jihod” xalqaro terroristik tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul shaxslari bo‘lgan bir nechta hamyurtimiz xorijiy davlatda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ushlangan shaxslardan biri Suriyadagi “Kotibatul Imom-al Buxoriy” terroristik tashkiloti rahbari bo‘lgan. U 1984-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. 2009-2010-yillarda Surxondaryo viloyatida yashirin faoliyat yuritgan “Jihodchilar” jamoatining a’zosi bo‘lgan. 2011-yilda Rossiya, Turkiya orqali Suriya davlatiga chiqib ketgan va qo‘poruvchilik amaliyotlari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan.

Ikkinchi fuqaro Suriyadagi “Kotibatul Imom-al Buxoriy” terroristik tashkilotini moliyalashtirish, yangi a’zolarni yollash hamda olib kelish ishlariga mas’ul bo‘lgan. U 1985-yil Andijon viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. 2014-yil Suriyaga borib, qo‘poruvchilik amaliyotlari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan.

Yana bir fuqaro esa, 2015-yilda “Kotibatul Tavhid va Jihod” tashkilotiga qo‘shilgan va uning yangi a’zolarini Turkiyada kutib olish, Suriyaga o‘tkazish ishlariga mas’ul bo‘lgan. U 1993-yil Namangan viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. 2011-yil Pokiston orqali Afg‘onistonga borib, “Islom jihodi ittifoqi” terroristik tashkilotiga a’zo bo‘lgan va qo‘poruvchilik amaliyotlari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tib, hukumat qo‘shinlariga qarshi janglarda faol ishtirok etgan.

Bu fuqarolar xorijda soxta hujjatlar bilan yurgan va o‘zlarini uyg‘ur millatiga mansub, deb tanishtirgan.

Bundan tashqari, DXX xodimlarining sa’y-harakati bilan “Kotibatul Tavhid va Jihod” terroristik tashkilotining a’zosi bo‘lgan boshqa bir hamyurtimiz ham xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi.

Bu shaxs “Kotibatul Tavhid va Jihod” terroristik tashkilotining moddiy ta’minoti uchun pul yig‘ish, shuningdek, yangi a’zolarni yollash hamda Suriyaga yuborish bilan faol shug‘ullangan. U 1990-yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют