» » Qirg‘izistonda Suriyada jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan xalqaro terrorchi tashkilot a’zosi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Suriyada jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan xalqaro terrorchi tashkilot a’zosi qo‘lga olindi


Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari Suriyada jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan xalqaro terrorchi tashkilot a’zosini qo‘lga oldi. Bu haqda qo‘mitaning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Aksilterror tadbirlari davomida Jalolobod viloyatida tug‘ilib-o‘sgan, 1994-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi qo‘lga olindi. U 2016-yili, xorijda bo‘lganida Suriyadagi jangarilar tayyorlash lageriga yuborish uchun terrorchi tashkilot a’zolari tomonidan yollangani aniqlandi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Qo‘lga olingan shaxsning ism-sharifi oshkor etilmadi.

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, mamlakatdan Suriya va Iroqdagi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun 500 dan ortiq kishi ketgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют