» » “Parker” quyosh zondi Yer suratini yubordi

“Parker” quyosh zondi Yer suratini yubordi


Quyosh tomonga yo‘l olayotgan Parker Solar Probe qurilmasi Yerdan taxminan 43 million kilometr masofadan uni suratga oldi, deb yozadi “Populyarnaya Mexanika”.

2018-yilning 12-avgustida uchirilgan Parker Solar Probe zondi Quyosh tomonga harakatlanmoqda. Apparat yaqin yetti yil ichida yulduz atrofida 24 ta orbitani almashtirib, har safar unga borgan sari ko‘proq yaqinlashib boradi.

NASA sentabr oyida Parker Solar Probe tomonidan olingan birinchi suratni chop etgan edi. Endi esa agentlik zond tomonidan 25-sentabr kuni olingan surat bilan bo‘lishdi.

Suratda son-sanoqsiz yulduzlar orasidagi yorqin nuqta — Yerni payqash mumkin. Fotosurat WISPR (Wide-field Imager for Solar Probe) kamerasida olingan. U birinchi navbatda yuqori quyosh atmosferasi tuzilishini suratga olishga mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют