» » Jizzax viloyatida firibgarlik qilgan ayol 3,5 yilga qamaldi

Jizzax viloyatida firibgarlik qilgan ayol 3,5 yilga qamaldi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudining ochiq sud majlisida 1969-yil 19-martda Jizzax viloyati Forish tumanida tug‘ilgan Ra’no Muxtorovaning (ism va familiya o‘zgartirilgan) jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

“4 nafar farzandning onasi Ra’no bolalariga harom luqma yedirishni afzal bilib, 2017-yil sentabr oyining o‘rtalarida Paxtakor dehqon bozoriga boradi. Shu yerdagi odamlardan surishtirib, bozorda savdo qiladigan forishlik ayollarni izlaydi.

U yerda Xusniya Abduraximova bilan tanishib, kun kech bo‘lib qolganligi sabab qishloqqa qaytolmasligini aytadi. Shu bilan Ra’no Paxtakor tumanida yashovchi tanishi Xusniya Abduraximovaning xonadoniga boradi.

Hammasi o‘sha kundan boshlanadi. Xusniya Abduraximovaga tegishli 3 million 100 ming so‘mlik turli kiyim-kechaklarni aldab olishni rejalashtiradi. Nihoyat bir hafta muddat ichida tovarlarni sotib berish sharti bilan oladi.

Oradan bir necha hafta o‘tsa-da, ‘Pullarni qaytaraman’, deb muddatni ortga suraveradi.

Shuningdek, o‘sha yili 6-dekabr kuni Forish tumani Qorabdol QFYda yashovchi Gulnora Bo‘riyevaning ham ishonchiga kiradi. Gulnoraga oldindan 105 ming so‘m berib, unga tegishli bo‘lgan 2 million 400 ming so‘mlik kiyimlarni qo‘lga kiritadi.

Oradan bir kun o‘tgach, Gulnoraning uyiga yana borib, ishontirish maqsadida ‘Oldingi olib ketgan tovarlarning puli’, deb unga 300 ming so‘m beradi. Yana 4 million 420 ming so‘mlik tovarni olib, uning pulini o‘zining ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi. Shu orada oldingi olib ketgan tovarlarning 300 ming so‘mini berib, unga tegishli bo‘lgan 1 million 861 ming so‘mlik, keyinchalik, 4 million 322 ming so‘mlik tovarni o‘zlashtirib yuboradi.

Nafsiga qul, dardi pul bo‘lgan bu kimsa joriy yilning 13 fevralida jamoat transportida Zulfiya Shokirova bilan tanishib qoladi. Suhbat savdo masalasiga borib taqaladi. Ra’no ayni kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanishini aytadi. Oradan 6 kun o‘tib Ra’no Z.Shokirovaning xonadoniga boradi. 3 million 972 ming so‘m bo‘lgan tovarni  o‘tkazib berishni o‘z zimmasiga oladi. Shu tariqa Zulfiya Shokirova bir necha bor Ra’noning aldovlari qurboniga aylanadi”, — deyiladi xabarda.

Ra’no Muxtorova o‘zgalarning mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlikda ayblanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida uzil-kesil 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют