» » Jizzaxda sirdaryolik ayolning 5 mln so‘m pulini 10 mln qilib qaytarishni va’da qilib, aldab ketgan shaxs qo‘lga olindi

Jizzaxda sirdaryolik ayolning 5 mln so‘m pulini 10 mln qilib qaytarishni va’da qilib, aldab ketgan shaxs qo‘lga olindi


Jizzax viloyati ichki ishlar organlari tomonidan sirdaryolik fuqaroni aldab ketgan firibgar ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Shodlik mahallasida yashovchi ayolning uyiga 2017-yilning iyulida Jizzaxning Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi tanishi mehmon bo‘lib keladi. Uchrashuv davomida mehmon sirdaryolik fuqaroning tilla uzugini tilla zanjir qilib, 5 million so‘m pulini 10 million so‘m qilib qaytarish sharti bilan qarzga oladi.

Jizzaxlik ayol 2017-yilning noyabrida yana sirdaryolik tanishining uyiga borib, Jizzax shahridagi “Orom” bozori ichida taqinchoqlar sotadigan do‘kon ochayotgani, shunga yana 10 million so‘m kerakligi, bu pulni tez orada avvalgi qarziga qo‘shib qaytarishini aytadi. Sirdaryolik ayol bu safar ham pul topib beradi.

“Oradan vaqt o‘tishi bilan sirdaryolik ayol jizzaxlik tanishining va’dalari sarob bo‘lib chiqqanligiga ishonch hosil qiladi”, — deb yozadi Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati. Shundan so‘ng jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

Xabar berishlaricha, mazkur holatni bartaraf etish maqsadida Jizzax viloyat IIBning tezkor guruhi gumonlanuvchi ayolni qo‘lga olib, holat yuzasidan jinoyat ishi ochgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют