» » Pul evaziga Jizzax pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Pul evaziga Jizzax pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi


Jizzax viloyati ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan viloyatning Mirzacho‘l tumani, Do‘stlik mahallasida istiqomat qiluvchi o‘qituvchi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi shaxs Sharif Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi sobiq kursdoshiga uning singlisini Jizzax davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, oldindan “avans” sifatida 700 dollar pul olgan.

Biroq test imtihonlarining javoblari e’lon qilinib, jabrlanuvchining singlisi o‘qishga kira olmagani ma’lum bo‘lgach, u turli bahonalar bilan oldindan olgan pulini qaytarishdan bosh tortgan.

Hozirgi vaqtda gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 27) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют