» » Qamchiq dovonida piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi

Qamchiq dovonida piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi


Namangan viloyati Pop tumani Qamchiq dovonida 22-oktabr kuni soat taxminan 20:55 da noma’lum haydovchi piyodani urib yuborgan, so‘ng bu piyodaning ustidan yana bir necha mashina o‘tib ketgani haqida avvalroq xabar berilgandi. Mazkur hodisa sababchisi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda — Andijon viloyati Jalaquduq tumani Qatortol mahallasida yashagan 41 yoshli Erkin Ergashboyev olgan jarohatlari oqibatida hodisa joyining o‘zida vafot etgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l transport hodisasini Andijon shahrida yashovchi B.Z. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют