» » Donald Tramp o‘zining saylovdagi g‘alabasini Rossiya uchun “eng yomon hodisa” deb atadi

Donald Tramp o‘zining saylovdagi g‘alabasini Rossiya uchun “eng yomon hodisa” deb atadi


AQSh prezidenti Donald Tramp saylovlarda uning g‘alabasi Rossiya uchun “eng yomon hodisa” bo‘lishini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Bilasizmi, sizga aytsam Rossiya uchun mening saylovlarda g‘olib bo‘lishimdan-da yomonroq hodisa bo‘lmasa kerak”, — dedi u Shimoliy Karolinadagi saylovoldi mitinggida so‘zlagan nutqida.

“Shu bilan birga Rossiya, Xitoy, Shimoliy Koreya va Yaponiya bilan munosabatlarni yaxshilash — bu yaxshi, yomon emas”, — dedi Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Xelsinkidagi uchrashuvi yaxshi o‘tganini ta’kidlab.

Tramp Respublikachilar partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodlarni oraliq saylovlarda qo‘llab-quvvatlash uchun saylovoldi targ‘ibot ishlarida qatnashmoqda.

AQShdagi oraliq saylovlar 6-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu saylovlar amaldagi prezident muddatining o‘rtasida o‘tkazilayotgani bois oraliq deb ataladi. Vakillar palatasining 435 nafar deputatining barchasi, 100 senatorning 35 nafari, 39 shtat va hudud gubernatorlari qayta saylanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-10-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют