» » O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Qozog‘iston SSV bilan o‘zaro kelishuv hamda “yo‘l xaritasi”ni imzoladi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Qozog‘iston SSV bilan o‘zaro kelishuv hamda “yo‘l xaritasi”ni imzoladi


Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) va Qozog‘iston hukumati tomonidan tashkil etilgan Birlamchi tibbiy va sanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha global konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Tadbirning ikkinchi kunida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonda fuqarolarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, jumladan, birlamchi tibbiy yordamni yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

“Hozirda O‘zbekistonda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatadigan 2 370 ta tibbiyot muassasalari tarmog‘i mavjud. Tibbiy yordam sifatini yaxshilash, aholini keng miqyosda qamrab olish, ularni birlamchi tibbiy yordam bilan sifatli va bepul ta’minlash maqsadida, hukumat qaroriga muvofiq, qishloq joylardagi ambulatoriya xizmatida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi”, — dedi Alisher Shodmonov.

So‘nggi ikki yil davomida O‘zbekistonda qishloq oilaviy poliklinikalarida beshta, shahar oilaviy poliklinikalarida esa o‘ndan ziyod tor mutaxassislar faoliyatining yo‘lga qo‘yilgani ham birlamchi tibbiy xizmat samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, vazir birlamchi sog‘liqni saqlash tizimini profilaktik va patronaj ishlarga yo‘naltirish, Respublika ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy markazlari tomonidan aholiga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatishni kengaytirish hamda birlamchi tibbiy yordam amaliyotida diagnostika va davolash standartlarini muvofiqlashtirish kabi vazifalar ijrosi yo‘lida ham faol sa’y-harakatlar olib borilayotganini qayd etdi.

Shu kuni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov bilan ham uchrashdi.

“Do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish borasida ko‘plab imkoniyatlar mavjudligiga alohida e’tibor qaratildi. Shundan kelib chiqqan holda tibbiyot sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida ikki tomonlama kelishuv hamda ‘yo‘l xaritasi’ imzolandi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-10-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют