» » Tramp qizi va kuyovi ta’sirida iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish fikridan qaytdi

Tramp qizi va kuyovi ta’sirida iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish fikridan qaytdi


AQSh prezidentining qizi va kuyovi — Ivanka Tramp hamda Jared Kushner davlat rahbarini iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish haqidagi va’dasini bajarishdan bosh tortishga ko‘ndirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Bu haqdagi eslatma Tramp yaqin orada imzolashni rejalashtirgan ikki farmondan birining loyihasidan g‘oyib bo‘ldi. 

The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, Ivanka Tramp sayyorada iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash otasi ma’muriyatining asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolishi lozim, deb hisoblamoqda.

AQSh prezidenti maslahatchisi bo‘lgan uning turmush o‘rtog‘i — Jared Kushner ham shunday fikrda. 

Qizi va kuyovining fikri Donald Tramp o‘tgan yil dekabrida Nyu-Yorkda atrof-muhit muhofazasining faol tarafdori bo‘lgan sobiq vitse-prezident Albert Gorni qabul qilishga rozilik berishida ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgani bildirilmoqda. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют