» » O‘zbekiston delegatsiyasi Venetsiya komissiyasining 116-yalpi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Venetsiya komissiyasining 116-yalpi yig‘ilishida ishtirok etdi


Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M. Abdusalomov, Prezident administratsiyasining sektor mudiri U. Shermatovlardan iborat tarkibdagi mamlakatimiz delegatsiyasi joriy yilning 19-20-oktabr kunlari Italiyaning Venetsiya shahrida bo‘lib o‘tgan Huquq orqali demokratiya uchun Yevropa Komissiyasi (Venetsiya komissiyasi) ning 116-yalpi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Venetsiya komissiyasi o‘z tarixining 25 yildan ziyodroq davrida huquq ustuvorligini ta’minlash sohasida xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini birlashtiruvchi markazga aylandi. Hozirgi kunda u Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan xususan, saylov huquqi sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. O‘zbekiston Venetsiya komissiyasi va YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan hamkorlikka alohida ahamiyat berib kelmoqda.

116-yalpi yig‘ilish ishida Venetsiya komissiyasi Prezidenti va a’zolari, Yevropa Kengashi ta’sis organlarining rahbarlari, Komissiya tomonidan huquqiy hujjatlari bo‘yicha xulosalar qabul qilingan Albaniya, Qozog‘iston, Moldova Respublikasi, Marokash, Ruminiya, Tunis kabi bir qator mamlakatlarning hukumat vakillari, vazirlar va mas’ul xodimlari, shuningdek YeXHT DIIHB ekspertlari ishtirok etdi.

Venetsiya komissiyasining yalpi yig‘ilishi davomida M.Abdusalomov O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasini ishlab chiqish jarayoni to‘g‘risida ma’lumot berdi. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasi qo‘yilganligi, shuningdek 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini joriy yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan saylov qonunchiligini takomillashtirish va unifikatsiyalash maqsadida ushbu loyiha tayyorlanganligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют