» » Qoraqalpog‘istonda Cobalt’ning ag‘darilib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda Cobalt’ning ag‘darilib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi


Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumanida 28-oktabr kuni soat 21:30 atrofida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, A-380 “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu” avtoyo‘lining 817-kilometrida harakatlanib ketayotgan Cobalt rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, o‘ng tarafga ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan va bir kishi tan jarohati olgan. Jarohatlangan fuqaro Shumaniy tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.

“Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi FVV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют