» » Dunyo bo‘yicha eng ishonchli avtomobillar ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyo bo‘yicha eng ishonchli avtomobillar ro‘yxati e’lon qilindi


Consumer Reports tashkiloti dunyo bo‘yicha eng ishonchli avtomobillar reytingini e’lon qildi, deb yozadi “Sputnik”.

O‘tgan yil uchun o‘tkazilgan tadqiqotga yarim million avtomobil ishqibozi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar kiritildi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ro‘yxatda Yaponiyaning Lexus markali modeli yetakchilik qilmoqda. Bu avtomobillar kamdan-kam holatlarda ishdan chiqadi yoki buziladi. Ularning ishonchliligi o‘rtacha bahosi 100 balldan 78 ga yetdi. Ikkinchi o‘rinni Toyota (100 balldan 76 ball) egalladi.

Uchinchi o‘rindan Mazda joy oldi. U 2018-yilda o‘tgan yilgi 12-o‘rindan 3-o‘ringa ko‘tarildi. Ishonchlilikning yuqori ko‘rsatkichi CX-9 va MX-5 Miata’da ham qayd etildi. Ulardan keyingi o‘rinlarni Subaru va Kia egalladi. Ishonchli avtomobillar reytingidan, shuningdek, Tesla, Cadillac va Volvo joy olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют