» » Indoneziyadagi Boeing 737 bortida bo‘lgan yo‘lovchi halokatdan bir necha daqiqa oldin rafiqasiga selfi yuborgani ma’lum bo‘ldi

Indoneziyadagi Boeing 737 bortida bo‘lgan yo‘lovchi halokatdan bir necha daqiqa oldin rafiqasiga selfi yuborgani ma’lum bo‘ldi


Kecha, 29-oktabr kuni Indoneziyada Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani haqida xabar berilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, samolyot bortida bo‘lgan yo‘lovchilardan biri halokatdan biroz avval ayoliga selfi yuborishga ulgurgan.

22 yoshli Deril Fida samolyot bortida bo‘lgan. U 2 oydan kamroq vaqtdan beri Lutfiani Eka Putri bilan nikohda bo‘lgan. U halokatda oldin xotiniga yashil niqobda suratga tushib yuborishga ulgurgan.

Samolyot havoga ko‘tarilgach, yosh er-xotin o‘zaro yozishmani to‘xtadi. Oradan 13 daqiqa o‘tib esa samolyot radarlardan ko‘rinmay qoladi va suvga qulaydi.

Eslatib o‘tamiz, hodisa oqibatida tirik qolganlar yo‘q. Samolyot bortida 189 kishi bo‘lgan. Shulardan 181 nafari yo‘lovchi, 2 nafar uchuvchi hamda 6 nafar ekipaj a’zosi edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют