» » Indoneziyada dengizga qulagan Boeing samolyotining yoqilg‘i baki portlagani ma’lum bo‘ldi

Indoneziyada dengizga qulagan Boeing samolyotining yoqilg‘i baki portlagani ma’lum bo‘ldi


?Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti Jakarta aeoportidan havo ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay, halokatga uchragani haqida avvalroq xabar berilgandi.

Jakartadan Indoneziyaning Banka orolidagi Pankalpinang shahriga reysni amalga oshirayotan samolyot mahalliy vaqt bilan 06:20 da (Toshkent vaqti bilan 04:20 da) havo ko‘tarilib, 06:33 da radarlardan yo‘qolgan. Samolyot Yava orolining g‘arbiy sohillari yaqinidagi dengizga qulagan. Mamlakatdagi favqulodda vaziyatlar agentligi rahbarining xabar berishicha?, samolyotning yoqilg‘i baki portlagan holda topilgan. Hodisa oqibatida tirik qolganlar yo‘q. Samolyot bortida 189 kishi bo‘lgan. Shulardan 181 nafari yo‘lovchi, 2 nafar uchuvchi hamda 6 nafar ekipaj a’zosi.

Lion Air — Indoneziyaning eng yirik xususiy aviakompaniyasi bo‘lib, u Indoneziya, Singapur, Vyetnam, Malayziya va Saudiya Arabistonining 126 aeroportiga parvozlarni amalga oshiradi. Jakartadagi Sukarno Xatta aeroporti aviakompaniyaning bosh tranziti xabi hisoblanadi.

Lion Air aviakompaniyasi o‘zining Wings Air sho‘basi bilan birga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari havo kengliklarida parvoz qilishi taqiqlangan aviatashuvchilar ro‘yxatiga kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют