» » Jakarta aeroportidan havoga ko‘tarilgan “Boing” oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas dengizga quladi

Jakarta aeroportidan havoga ko‘tarilgan “Boing” oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas dengizga quladi


Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti Jakarta aeoportidan havo ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay, halokatga uchradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Straits Times gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, Jakartadan Indoneziyaning Banka orolidagi Pankalpinang shahriga reysni amalga oshirayotan samolyot mahalliy vaqt bilan 6:20 da (Toshkent vaqti bilan 4:20 da) havo ko‘tarilib, 6:33 da radarlardan yo‘qolgan.

Samolyotlar parvozini kuzatib boruvchi FlightRadar24 resursining xabar berishicha, samolyot Yava orolining g‘arbiy sohillari yaqinidagi dengizga qulagan. Xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlangan.

Lion Air — Indoneziyaning eng yirik xususiy aviakompaniyasi bo‘lib, u Indoneziya, Singapur, Vyetnam, Malayziya va Saudiya Arabistonining 126 aeroportiga parvozlarni amalga oshiradi. Jakartadagi Sukarno Xatta aeroporti aviakompaniyaning bosh tranziti xabi hisoblanadi.

Lion Air aviakompaniyasi o‘zining Wings Air shu’basi bilan birga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari havo kengliklarida parvoz qilishi taqiqlangan aviatashuvchilar ro‘yxatiga kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют