» » AQShda qiruvchi samolyot quladi

AQShda qiruvchi samolyot quladi


AQSh poytaxti Vashington yaqinidagi Endryus harbiy bazasidan uzoq bo‘lmagan joyda qiruvchi samolyot quladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

NBC News telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot aviabazadan 2—3 mil janubda halokatga uchragan. Xabar berishlaricha, havo kemasi sinov parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan.

AQSh Milliy gvardiyasiga tegishli bo‘lgan F-16 samolyoti aholi yashamaydigan joyga qulagan, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan.

“Uchuvchi katapulta qilishga ulgurgan, uning hayoti xavf ostida emas”, — dedi AQSh harbiy-havo kuchlari polkovnigi Pet Rayder.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют