WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Janubiy Sudanda samolyot quladi. 44 kishi halok bo‘ldi
Janubiy Sudanda samolyot quladi. 44 kishi halok bo‘ldi
Janubiy Sudanning Vau shahrida yo‘lovchi samolyoti quladi, deya xabar bermoqda Meduza.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 44 kishi bo‘lgan. BBC News’ning mahalliy ma’muriyat vakillariga asoslanib xabar berishicha, samolyot bortida kamida 30 kishi bo‘lgan.
Dastlab hodisa oqibatida hech kim omon qolmagani haqida xabar berilgan edi; boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bo‘laklari ostidan to‘qqiz kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan.
Hodisa joyidan olingan fotosuratlarga asoslanib xulosa qilinsa, samolyot South Supreme Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?