» » Toshkentda bir oilaning to‘rt farzandi bir kunda vafot etdi. Ular yo ovqatdan, yo is gazidan zaharlangan

Toshkentda bir oilaning to‘rt farzandi bir kunda vafot etdi. Ular yo ovqatdan, yo is gazidan zaharlangan


Toshkent shahar Chilonzor tumani Dilxush ko‘chasi 37-uyda yashaydigan fuqaro A.Akbarov xonadonida 2018-yil 31-oktabr kuni qayd etilgan guruhli ovqatdan zaharlanishda gumon holati bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari rasmiy axborot berdi.

Rasmiy axborotda quyidagilar ma’lum qilingan:

Xonadon egasi Alisher Akbarovning ayoli Xaitova Umida 42 yosh, 2018-yil 30-oktabr kuni, taxminan soat 20:00 da Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazininig ro‘parasidagi milliy taomlar kafesidan 5 dona, sixga tortilgan qiyma kabob, tandir non va to‘g‘rab, uksus solingan piyoz sotib olib, uyiga olib borgan. Ularning uyi shu kafening yaqinida joylashgan. Uyida oila a’zolaridan Xaitova Umidaning o‘zi, uning qizlari Akbarova Aziza - 1996-yil, E’zoza — 2001-yil, Iroda — 2003-yil va o‘g‘li Akbarov Farrux —2012 —yilda tug‘ilgan, birga o‘tirib soat 20:30 da kabobni iste’mol qilishgan.

U. Xaitovaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, kabobda noxush xid va ta’m sezishmagan. Soat 23:30 larda bolalar, binoning ikkinchi qavatidagi xonaga chiqib, uxlashgan. Ularda hech qanday kasallik belgilari bo‘lmagan. U. Xaitovaning taxminan soat 23:30 larda boshi qattiq og‘rigan, ko‘ngli aynigan va ko‘p marta qusgan. Xonadon egasi A. Akbarov kabob iste’mol qilingan vaqtda uyda bo‘lmagan, qo‘shnisinikida bo‘lib,taxminan soat 24:00 da uyiga qaytgan. Ayolining sog‘lig‘i yomonlashganligi to‘g‘risida tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilishmagan. Er-xotin binoning birinchi qavatida uxlashgan.

2018-yil 31-oktabr soat 04:00 da U. Xaitova ikkinchi qavatdagi farzandlari uxlayotgan xonani ochib ko‘rganda bolalarini og‘zidan ko‘pik qusuqlari chiqib, bexush holda yotganligini ko‘rib, tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan. Soat 04:30 da tez tibbiy yordam mutaxassislari kelib, ular tomonidan U. Xaitovaning qizlari Akbarova Aziza, E’zoza, Iroda va o‘g‘li Akbarov Farruxda biologik o‘lim xolati qayd etilgan. Ayni paytda A.Akbarov sog‘lom, uning turmush o‘rtog‘i U.Xayitovaga esa Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazidatibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, axvoli qoniqarli.

Ushbu xonadon egalari Dilxush ko‘chasi 37-uydagi yangi qurilgan 3 qavatli binoga yaqinda ko‘chib o‘tishgan. Uy yer to‘lada o‘rnatilgan, tabiiy gazda ishlaydigan isitish qozoni orqali isitiladi.

Yuzaga kelgan ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning topshirig‘iga muvofiq Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislaridan iborat xukumat komissiya tuzildi. Komissiya tomonidan ushbu holat bo‘yicha ovqatdan yoki is gazidan zaxarlanish taxminlari o‘rganilmoqda.

“A. Akbarov xonadon va milliy taomlar kafesidagi tashqi muhit obyektlaridan tahlillar uchun tegishli na’munalar olinib, Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatining laboratoriyasiga topshirildi. O‘rganilayotgan taxminlar, laboratoriya tahlillari natijalari hamda amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha axborot beriladi”,— deyiladi rasmiy axborotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют