» » O‘zbekiston – Rossiya yoshlar festivali? yakunlandi

O‘zbekiston – Rossiya yoshlar festivali? yakunlandi


O‘zbekistonda 28—31-oktabr kunlari Rossiya yoshlar ittifoqi, ishbilarmon doiralari, oliy ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston – Rossiya yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalning so‘nggi kunida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi huzuridagi Yoshlar press-klubida o‘tkazilgan tadbirlar natijalari sarhisob qilindi, deb xabar beradi O‘zA.

Rossiya yoshlar ittifoqi Xalqaro biznes loyihalar markazi direktori Aleksey Yejov, Volgograd davlat universiteti prorektori Gennadiy Ivanchenko va boshqalar festival bahona ikki mamlakat yoshlarining do‘stona aloqalari kuchaygani, tadbirkorlik, turizm kabi sohalar bo‘yicha keng tajriba almashilgani, yosh tadbirkorlar o‘rtasida erishilgan yangi kelishuvlar va imzolangan shartnomalar iqtisodiy hamkorlikka mustahkam zamin bo‘lishini ta’kidladi, deyiladi xabarda.

Festival doirasida Samarqand shahrida “Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida sayyohlar oqimini kengaytirishda yoshlarning o‘rni” mavzusida amaliy konferensiya tashkil etildi. Taqdimotdan so‘ng festival ishtirokchilari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muzeyi eksponatlari bilan tanishdi.

Festival Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilgan ikki mamlakat yosh san’atkorlari ijrosidagi madaniy dastur bilan yakunlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют