» » Sankt-Peterburgda Toshkent kunlari bo‘lib o‘tmoqda

Sankt-Peterburgda Toshkent kunlari bo‘lib o‘tmoqda


1—2-noyabr kunlari Sankt-Peterburgda Toshkent kunlari bo‘lib o‘tmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”. 80 dan ortiq kishini o‘z ichiga olgan Toshkent ma’muriyati delegatsiyasiga hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Elbek Shukurov rahbarlik qilmoqda.

Shu kunlari Sankt-Peterburgda Toshkentning investitsiyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ishlaydi. Peterburg va Toshkent ishbilarmon doiralarining yengil sanoat va to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish sohasidagi tadbirkorlikni va iste’molchilar bozorini rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

2-noyabr kuni Smolniyda Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Sergey Movchan Toshkent hokimligi delegatsiyasi bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qiladi.

Shuningdek, “O‘zbekiston modasi va tekstili” modalar namoyishi o‘tkaziladi, bundan tashqari, o‘zbek klassik filmlari qo‘yiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 101) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют