» » Meksika AQSh chegara solig‘i joriy etishini javobsiz qoldirmasligi ma’lum qilindi

Meksika AQSh chegara solig‘i joriy etishini javobsiz qoldirmasligi ma’lum qilindi


Meksika hukumati AQSh tomonidan chegara solig‘i joriy etilishini javobsiz qoldirmaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Luis Videgaray ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Javob AQShdan keladigan barcha mahsulotlar uchun umumiy soliqning joriy etilishidan iborat bo‘lmasa kerak, chunki bu mahalliy iste’molchiga zarar keltiradi. Biz choralarni tanlab amalga oshirishimiz mumkin.

Luis Videgaray, Meksika tashqi ishlar vaziri

Shu bilan birga, vazir Vashington chegara solig‘ini joriy etsa, mamlakat o‘zining soliq siyosatini qayta ko‘rib chiqishi va korporatsiyalar uchun soliqlarni kamaytirishi mumkinligini bildirdi.

Agar mazkur soliq islohoti amalga oshirilsa va bundan Meksika zarar ko‘rsa, biz o‘z harakatlarimizni yo‘lga qo‘yishga tayyor turishimiz talab etiladi.

Luis Videgaray, Meksika tashqi ishlar vaziri

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют