» » Meksika vaziri mamlakat AQShning moliyaviy ko‘magiga muhtoj emasligini bildirdi

Meksika vaziri mamlakat AQShning moliyaviy ko‘magiga muhtoj emasligini bildirdi


Meksika ichki ishlar vaziri Anxel Osorio Chong mamlakat AQShning moliyaviy ko‘magiga muhtoj emasligini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. 

Vazirga ko‘ra, hozir Meksika AQSh bilan kelishuv imzolangan davrlarga qaraganda ancha kuchli. 

Oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Meksikaga so‘nggi 5 yil mobaynida qancha summaga teng yordam jo‘natgani haqida hisobotni taqdim etishga ko‘rsatma bergan edi. 

Ushbu ko‘makning aksar qismi (2,6 milliard dollar) “Merida rejasi” doirasida yo‘naltirilgani aytilmoqda.

“Merida rejasi” AQSh tomonidan Meksika, Markaziy Amerika davlatlari, Gaiti va Dominikan Respublikasiga moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.

Vashington narkokartellarga qarshi kurash uchun jihozlar va texnika yetkazib berish, Meksika armiya hamda politsiya bo‘linmalarini aksilterror operatsiyalar o‘tkazishga o‘rgatishni zimmasiga olgan edi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 115) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют