» » O‘zbekistonda 10-noyabrdan ayrim davlat boji stavkalari o‘zgaradi

O‘zbekistonda 10-noyabrdan ayrim davlat boji stavkalari o‘zgaradi


Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-noyabrdagi 904-son qarori bilan Davlat boji stavkalarigao‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozadi “Norma”.

O‘zgartirishlar otalikni tan olish (belgilash) to‘g‘risidagi arizalar, nikoh shartnomalari, aliment to‘lash haqida kelishuvlar, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma, ijaraga berish, qarz va kafillik shartnomalariga daxl qilgan.

Birinchidan, sudlarga beriladigan otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi, shuningdek tug‘ilgan vaqti faktlarini aniqlash to‘g‘risidagi arizalar davlat bojidan ozod qilindi. Ilgari, alohida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha boshqa arizalardan bo‘lgani singari, ulardan 1 EKIH miqdorida (material e’lon qilingan sanada – 202 730 so‘m) davlat boji undirilgan.

Bundan tashqari, nikoh shartnomasini (ilgari – 25% EKIH) va aliment to‘lash haqida kelishuvni (ilgari – 20% EKIH) notarial tasdiqlaganlik uchun davlat boji bekor qilindi. Bu ana shunday shartnomalarga o‘zgartirishlar kiritish va ularni bekor qilishga ham taalluqli.

Ikkinchidan, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun davlat bojini hisoblash prinsipi o‘zgartirildi. U meros qilinayotgan mol-mulk summasidan foizlarda (vorisning navbatiga qarab 0,1%dan 2%gacha) undirilar edi.

Masalan, 1 xonali kvartiraning kadastr qiymati – 60 mln so‘m. Birinchi navbatdagi voris uchun davlat boji – 60 ming so‘mni, ikkinchi navbatdagi voris uchun – 300 ming so‘mni, qolganlar uchun esa 1,2 mln so‘mni tashkil etgan.

Endi ko‘chmas mulk yoki avtotransport meros qilib olinayotganda har bir obyekt uchun EKIHning 50%i (material e’lon qilingan sanada – 101 365 so‘m) to‘lanadi. Boshqa mol-mulk turlari uchun esa – EKIHning 30%i (material e’lon qilingan sanada – 60 819 so‘m).

Uchinchidan, korxonani boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasini notarial tasdiqlaganlik uchun stavka alohida ajratib ko‘rsatildi. U 1 EKIHni tashkil etadi.

To‘rtinchidan, quyidagicha aniqlik kiritilmoqda: ijaraga berish yoki kafillik shartnomasi taraflaridan loaqal bittasi yuridik shaxs bo‘lsa, ularni notarial tasdiqlaganlik uchun davlat bojining eng yuqori stavkasi qo‘llaniladi (ijaraga berish bo‘yicha – 2 EKIH, kafillik bo‘yicha –EKIHning 50%i). Bu Stavkalarda alohida ko‘rsatilmagan shartnomalar turlariga ham taalluqli (ular bo‘yicha eng yuqori stavka – 1 EKIH).

Bundan tashqari, ayrim shartnomalarni notarial tasdiqlaganlik, ularga o‘zgartirishlar kiritganlik yoki ularni bekor qilganlik uchun stavkalarga aniqlik kiritildi:

Ma’lumot uchun, ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash bekor qilindi. Biroq bunday bitimlarning barchasi soliq organlarida hisobga qo‘yilishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют