» » YChL. “Inter”—“Barselona”, “Atletiko M”—“Borussiya D”, “Napoli”—PSJ. Bugungi o‘yinlar anonsi

YChL. “Inter”—“Barselona”, “Atletiko M”—“Borussiya D”, “Napoli”—PSJ. Bugungi o‘yinlar anonsi


Bugun, 6-noyabr sanasida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasining 4-tur bahslari boshlanadi. 4 ta guruh jamoalari bugunning o‘zida 4-tur bahslarini o‘tkazadi.

Jumladan, “A” guruhida “Monako” o‘z maydonida “Bryugge”ni qabul qiladi. “Atletiko Madrid” esa safardagi yirik mag‘lubiyat uchun “Borussiya Dortmund” bilan hisob-kitob qilishga urunib ko‘radi.

“B” guruhida esa “Inter” Milanda Kataloniyaning “Barselona” klubi bilan javob uchrashuvida maydonga tushadi. Ikkinchi bellashuvda “Tottenhem” Londonda “PSV Eyndxoven” bilan kuch sinashadi.

“C” guruhida peshqadam “Liverpul” safarda “Srvena Zvezda” bilan bahs olib boradi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlardagi “Napoli” va PSJ esa Neapolda o‘zaro hisob-kitob qilish uchun maydonga tushadi.

“D” guruhida Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasi safarda “Shalke-04”ga qarshi bahs olib borsa, “Portu” o‘z maydonida Moskvaning “Lokomotiv” klubini imtihondan o‘tkazadi.

Chempionlar Ligasi

4-tur bellashuvlari

6-noyabr, seshanba

“A” guruhi

“B” guruhi

“C” guruhi

“D” guruhi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют