» » Sirdaryodagi yong‘inda Captiva, Qibraydagi yong‘inda Nexia yonib ketdi

Sirdaryodagi yong‘inda Captiva, Qibraydagi yong‘inda Nexia yonib ketdi


5-noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi B.N.ning uyi garajida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida garajning 40 kvadrat metr maydonida tom qismi hamda shu yerda turgan Captiva rusumli avtomashinasi salon qismi yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q.

Shu kuni Toshkent viloyatining Qibray tumani Do‘rmon qishlog‘ida yashovchi A.Q.ning uyida ham yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida uyning 150 kvadrat metr maydonida tom, shift va darvozaxonasi hamda uy darvozaxonasida turgan Nexia rusumli avtomashinasi yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, har ikki yong‘inning kelib chiqish sabablari va ular yetkazgan moddiy zarar miqdorini aniqlash maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют