» » Qashqadaryoda terim pulini vaqtida to‘lamagan bank xodimlari javobgarlikka tortildi

Qashqadaryoda terim pulini vaqtida to‘lamagan bank xodimlari javobgarlikka tortildi


Terimchilarga terim pulini vaqtida to‘lamagan “Agrobank”ning Qamashi tuman bo‘limi ikki xodimi intizomiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat inspeksiyasi Qamashi tumani bo‘limi boshlig‘i Omondavlat Xoliqov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.

Shuningdek, tumandagi g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarning bajarilishida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun o‘g‘it tarqatuvchi shoxobcha mudirlarining 7 nafariga nisbatan ham intizomiy chora qo‘llangan. “Agrokimyohimoya” AJ tuman bo‘limi mudiriga esa eng kam ish haqining 3 baravari miqdoridagi jarima solingan.

Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i g‘alla ekilishida o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragani va yuqori tashkilotlarga noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgani uchun intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, inspeksiya tomonidan suv borishi qiyin bo‘lgan 44 ta fermer xo‘jaligi aniqlanib, bugungi kunda bu xo‘jaliklarning dalasiga suv chiqarib berilg



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют