» » Samarqandga qaysi davlatdan ko‘proq sayyoh tashrif buyurayotgani ma’lum qilindi

Samarqandga qaysi davlatdan ko‘proq sayyoh tashrif buyurayotgani ma’lum qilindi


Samarqand shahrining joriy yil 9 oydagi sayyohlik salohiyati tahlil qilinganda Janubiy koreyaliklarning qiziqishi yuqoriligi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.

Viloyat turizmni rivojlantirish departamenti ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida 1 million 560 mingga yaqin mahalliy va 239 mingdan ortiq xorijiy sayyoh Samarqandda bo‘lgan.

Xorijiy sayyohlar geografiyasi tahlil qilinganda Janubiy Koreyadan 9,4 ming, Yaponiyadan 8,3 ming, Fransiyadan 6,3 ming, Germaniyadan 5,5 ming, Italiyadan 5,4 ming, Ispaniyadan 4,5 ming, Turkiyadan 3,9 ming nafar sayyoh kelgani ma’lum bo‘ldi.

Xorijlik sayyohlarning katta qismi haliyam Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlaridan – 76,3 ming kishi. Markaziy Osiyo davlatlaridan esa 49,6 ming kishi Samarqandni tomosha qilgan.

Ziyorat turizmi bo‘yicha yurtimizga qiziqishi katta bo‘lgan Malayziya va Indoneziya davlatlaridan esa 1,6 ming, 1,7 ming fuqaro tashrif buyurgan.

Butun dunyodagi musulmonlar ziyorat qilishga intiladigan Imom Buxoriy majmuasida ayni paytda 60,4 gektar maydonda turizm infratuzilmasi obyektlari barpo etilishi belgilangan. Jumladan, bu yerda 27 mehmonxona qurilishi ko‘zda tutilgan. Indoneziyaning “Sahid group” kompaniyasi Samarqanddagi ilk 5 yulduzli mehmonxonani ham ushbu maskanda qurish niyatida. Mazkur hududda obyektlar foydalanishga topshirilgach, bu yerda yiliga 250 ming xorijiy ziyoratchini qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

“Dunyoning narigi burchaklarida ham Samarqandni ko‘rishni istaganlar bor ekan. Shu sababli Avstraliya va Braziliyadan bu yil 800 nafardan, olis Kanadadan esa 1000 nafar sayyoh yurtimizga kelib, uning betakror tarixiy obidalari va go‘zal tabiatidan bahramand bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

“Dunyoning 129 davlatidan kelgan 239 ming turistning 28,6 ming nafari sayyohlik vizasi rasmiylashtirgan bo‘lsa, boshqa sayyohlar davlatimiz rahbarining farmoni bilan bir qator davlatlar fuqarolariga yurtimizga turistik tashriflari uchun viza rejimi bekor qilinishi imkoniyatidan foydalangan. Viloyatda turistik oqimning sezilarli darajada ko‘payayotgani hisobga olinib, joriy yilda 28 ta yangi investitsion loyiha amalga oshirilmoqda”, – deydi Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi D.Narziqulov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют