» » Yevropa Ittifoqi asoschi davlatlari parlamentlari rahbarlari federatsiya yaratishga chaqirdi

Yevropa Ittifoqi asoschi davlatlari parlamentlari rahbarlari federatsiya yaratishga chaqirdi


Germaniya, Italiya, Fransiya va Lyuksemburg milliy parlamentlarining quyi palatalari rahbarlari Yevropa integratsiyasini kuchaytirishga va mavjud Yevropa Ittifoqi negizida federatsiya tashkil etishga chaqirdi. Ularning ochiq maktubi 26-fevral, yakshanba kuni La Stampa gazetasida chop etildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Yanada zichroq siyosiy integratsiya — davlatlarning federal ittifoqi yo‘nalishida ilgarilash vaqti keldi. Bizga yaxshi ma’lumki, bu kabi istiqbol kuchli qarshilikni ham keltirib chiqaradi, biroq ba’zilarning harakatsizligi qolgan hammani to‘xtatib qola olmaydi”, — deyiladi hujjatda.

Maktubni Germaniya bundestagi Norbert Lammert, Fransiya milliy majlisi rahbari Klod Bartolon, Italiya deputatlar palatasi raisi Laura Boldrini va Lyuksemburg deputatlar palatasi spikeri Mars di Bartolomeo imzoladi.

Parlament rahbarlari 17-mart kuni Yevropa Ittifoqiga asos bo‘lgan Rim kelishuvining imzolanishi 60 yilligini nishonlash uchun Rimda yig‘iladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют