» » BMT: Venesuelani uch million nafar fuqaro tark etdi

BMT: Venesuelani uch million nafar fuqaro tark etdi


Venesueladagi iqtisodiy qochoqlar soni 2015-yildan beri uch million kishiga yetdi. Bu haqda BMT ma’lumotlariga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Qayd etilishicha, zo‘ravonlik, giperinflyatsiya va yetishmovchilikdan boshqa mamlakatlarga ketib qolayotgan venesuelaliklar immigratsiyasi keyingi olti oy ichida ko‘paygan.

2,6 million kishi qo‘shni davlatlarga qochib ketgan. Fuqarolarning asosiy oqimini Kolumbiya va Peru qabul qilmoqda.

Xususan, Kolumbiya millionga yaqin venesuelaliklarga uy bergan, har kuni yana uch ming nafar kishi ushbu mamlakatga kelmoqda. Yana 500 kishi Peru, 220 ming kishi Ekvador, 130 ming kishi Argentina, 100 mingdan ortig‘i Chili, 85 ming nafar kishi Braziliyaga qochib ketgan. Qolganlari esa dunyoning boshqa mamlakatlaridan qo‘nim topgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют