» » Qozog‘istonda yonishi 52 o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchilari besh yilga qamaldi

Qozog‘istonda yonishi 52 o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchilari besh yilga qamaldi


Qozog‘iston sudi 2018-yil yanvarida mamlakatning Aqto‘be viloyati hududida yonib ketgan va 52 o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus ishi bo‘yicha hukm chiqardi, deya xabar bermoqda Meduza.

Avtobusni Qozog‘istondan Rossiyaga haydab ketayotgan uch haydovchining har biri besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Ular jazoni o‘tab chiqqanidan so‘ng yetti yil davomida yo‘lovchi tashish sohasida ishlashi taqiqlanadi.

Jinoiy ish bo‘yicha yana ikki sudlanuvchi — avtobusga egalik qiluvchi kompaniya mexanigi va ta’sischisi uch yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan (nosoz avtobusni yo‘lga chiqarib yuborgani uchun).

Bundan tashqari, sudlanuvchilar hodisa oqibatida halok bo‘lgan 52 o‘zbekistonlikning har biri uchun ularning oila a’zolariga 2 million tenge (taxminan 5,4 ming dollar)dan tovon puli ham to‘lashi lozim (avvallari 16 nafar qurbonning oila a’zolari sudlanuvchilardan jami 2,4 milliard tenge (har bir qurbon uchun 150 million tengedan) tovon puli talab qilgandi).

Avtobusga egalik qiluvchi kompaniyaning haqiqiy egasi esa hozirda xalqaro qidiruvda.

Eslatib o‘tamiz, tergov ma’lumotlariga ko‘ra, avtobusdagi yong‘inga uning salonida yoqilgan kavshar lampa sabab bo‘lgan. Yong‘in kelib chiqqan vaqtda yo‘lovchilarning aksariyati uyquda bo‘lgan.

Mavzuga doir: Aqto‘beda 52 o‘zbekistonlikning halokatiga sabab bo‘lgan fojia aybdorlari 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют