» » Aqto‘beda 52 o‘zbekistonlik o‘limida ayblangan qozog‘istonlik haydovchilar 5 yilga qamaldi

Aqto‘beda 52 o‘zbekistonlik o‘limida ayblangan qozog‘istonlik haydovchilar 5 yilga qamaldi


Aqto‘beda 52 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan avtobus haydovchilariga hukm o‘qildi, deb xabar berdi Meduza.

“Avtobus haydovchilari Barot Tanatov, Nurjan Qirg‘izboyev va Maqsad Pernebekovga sud 5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi. Ular keyingi 7 yil mobaynida yo‘lovchi tashish xizmati sohasida ishlay olmaydi”, — deyiladi xabarda.

Avtobusga egalik qilgan “Aziya tranzit servis” kompaniyasi mexanigi hamda kompaniya direktori esa 3,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Kompaniyaning bevosita egasi esa xalqaro qidiruvda.

Bundan tashqari, sudlanuvchilar halok bo‘lgan 52 o‘zbekistonlik uchun ularning oila a’zolariga 2 million tenge miqdorida (Qozog‘iston Markaziy banki kursiga ko‘ra 5,4 ming dollar) tovon puli to‘laydi.

Mavzuga doir: Aqto‘beda 52 o‘zbekistonlikning halokatiga sabab bo‘lgan fojia aybdorlari 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют