» » Aqto‘beda yongan avtobus haydovchilari sudga olib kelindi

Aqto‘beda yongan avtobus haydovchilari sudga olib kelindi


Aqto‘beda yonib ketgan avtobusning uch nafar haydovchisi sanksiya to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun bugun, 30-yanvar kuni 2-sonli shahar sudiga olib kelindi, deb xabar beradi “Kazinform”.

Qayd etilishicha, haydovchilar Qozog‘iston respublikasi Jinoyat Kodeksining 345-moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.

Hibsga olinganlar — Maksat Pernebekov 1985-yilda, Nurjan Qirg‘izboyev 1968-yilda va Barat Tanatarov 1978-yilda tug‘ilgan.

Prokuror Nurjan Qirg‘izboyevni ikki oyga hibsga olishni so‘ragan.

24-yanvar kuni avtobusning uch haydovchisi Abto‘bedagi vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgan edi.

Tergov jarayonida avtobus yonib ketishiga haydovchilar tomonidan avtotransport vositasini ekspluatatsiya qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi oqibatida avtobus salonida kavshar lampadan foydalanish sabab bo‘lgani aniqlandi.

To‘plangan dalillar mazkur jinoyatga har uchala haydovchining ham aloqador ekanligini ko‘rsatdi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют