» » Qozog‘istondagi avtobus yonishidan ikki o‘zbekistonlik omon qolgan. Ularning ismlari e’lon qilindi

Qozog‘istondagi avtobus yonishidan ikki o‘zbekistonlik omon qolgan. Ularning ismlari e’lon qilindi


Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yonib ketgan avtobusdan omon qolgan besh kishidan ikki nafari O‘zbekiston, uch nafari Qozog‘iston fuqarolaridir. Bu haqda operativ shtabga tayanib, TengriNews xabar berdi.

Qozog‘iston fuqarolari avtobus haydovchilari bo‘lgan va ularning barchasi yong‘indan omon qolgan.

Omon qolgan o‘zbekistonliklarning ism-shariflari:

Ahror Isoqov (yoki Is’hoqov), 1988-yilda tug‘ilgan,

Isroiljon Mirzaahmedov, 1980-yilda tug‘ilgan.

Avtobus yonishidan omon qolganlar yengil kuyish jarohatini olgan.

18-yanvar kuni tongda Samara—Chimkent trassasining Aqto‘be viloyatidan o‘tgan qismidagi yo‘lda salonida 57 kishi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 52 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют