» » O‘zbekiston FVV Qozog‘istondagi avtobus yongan hududga maxsus bortni uchiradi

O‘zbekiston FVV Qozog‘istondagi avtobus yongan hududga maxsus bortni uchiradi


O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istondagi avtobus yonib ketgan hududga maxsus samolyotni Toshkentdan uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda, O‘zbekiston FVV vakiliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 18-yanvar, payshanba kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida Rossiya tomon harakatlanayotgan “Ikarus” avtobusi harakat davomida yonib ketgan, oqibatda 52 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan edi. Omon qolgan besh kishining ikki nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda.

“Hozir bort tayyorlanyapti, u Toshkentdan uchishi kutilmoqda. Uning parvoz yo‘nalishi va uchish vaqti Qozog‘istondagi hamkasblar bilan kelishilmoqda”, — dedi “RIA Novosti”ga axborot bergan FVV vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, maxsus bort fojia joyiga O‘zbekiston FVV mutaxassislari, shifokorlar guruhi, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi xodimlarini olib ketadi.

Avvalroq O‘zbekiston FVV Qozog‘istondagi baxtsiz hodisa munosabati bilan shoshilinch telefon raqamlarini ishga tushirgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют