» » Qozog‘istonda avtobus yonishidan omon qolgan 5 kishining holati haqida axborot berildi

Qozog‘istonda avtobus yonishidan omon qolgan 5 kishining holati haqida axborot berildi


Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yonib ketgan avtobusdan omon qolgan besh kishi yengil darajada kuyish jarohatini olgan. Bu haqda viloyat gubernatori o‘rinbosari Serik Tulenbergenov ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

18-yanvar kuni tongda Samara—Chimkent trassasining Aqto‘be viloyatidan o‘tgan qismidagi yo‘lda salonida 55 yo‘lovchi va ikki haydovchi bo‘lgan avtobus yonib ketdi. Qozog‘iston rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, 52 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi omon qolgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilar O‘zbekiston, haydovchilar esa Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan.

“52 kishi halok bo‘ldi, besh kishi yengil darajada kuyish jarohatini oldi”, dedi Tulenbergenov.

Qozog‘iston IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, omon qolganlardan 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi, qolgan ikki nafari Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan haydovchilardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 13:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют