» » Toshkent shahar hokimligida “Toshkent-2025: transformatsiya“ loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

Toshkent shahar hokimligida “Toshkent-2025: transformatsiya“ loyihasi taqdimoti o‘tkazildi


Yaqinda Igor Moiseyev nomidagi Rossiya davlat akademik xalq raqs ansambli badiiy rahbari Yelena Sherbakova Toshkentga qariyb 35—40 yillar avval kelgani, o‘tgan yillarda poytaxt shaharda ko‘p yaxshi o‘zgarishlar bo‘lib, tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketgani haqida aytgandi. Toshkent shahar hokimligida “Toshkent-2025: transformatsiya“ loyihasi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirda poytaxt qiyofasini yanada zamonaviylashtirish, bu borada istiqboldagi loyihalar xususida atroflicha so‘z yuritildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo‘jayev, shahar hokimligi qoshidagi jamoatchilik kengashi raisi H.Abdurahmonov va boshqalar bugungi shiddatli davr shaharsozlik sohasi oldiga ham zamon ruhiga monand talab va ehtiyojlarni qo‘yayotganini ta’kidladi.

2018-yilning oktabr oyida Toshkent shahar hokimligi qoshidagi jamoatchilik kengashi tomonidan “Toshkent-2025: transformatsiya“ loyihasiga asos solindi. Mazkur loyiha “Urbanistika markazi“ jamoat fondi tomonidan amaliyotga joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Uning asosiy maqsadi aholi turmushi darajasini yanada oshirish, shahar iqtisodiyoti raqobatbardoshligini, barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun keng qamrovli strategiyalar ishlab chiqish kabilardan iboratdir.

Loyiha rejasiga ko‘ra, 2025-yilga borib Toshkent eng zamonaviy, investitsiya va turizm uchun jozibador, boy tarixiy va madaniy merosni o‘zida mujassam etgan, aholi uchun qulay yetakchi shaharga aylanishi ko‘zda tutilgan.

“Toshkent-2025: transformatsiya“ loyihasi ma’muriy islohotlar, shaharni rivojlantirishning iqtisodiy strategiyasi, uy-joy kommunal xizmatlar, ijtimoiy soha va inklyuziv taraqqiyot, ekologiya kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Loyiha dastlabki jamoani shakllantirish, ilk ma’lumotlarni yig‘ish, kamchiliklarni aniqlash va zarur “Yo‘l xaritasi“ni tuzish, yo‘nalishlar bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqishni boshlash, belgilangan vazifalar bajarilishini kuzatib borish, natijalar taqdimoti kabi bosqichlardan iboratdir. Loyihaga oid vazifalarni belgilashda aholining keng qatlamlari, olimlar, ekspertlar, moliya institutlari, urbanistikaga oid xalqaro tashkilotlar mutaxassislari fikrlariga, jahondagi yirik megapolislar tajribasiga tayanib ish ko‘riladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют