» » Xitoyda ko‘l suvining ko‘tarilishi oqibatida 17 ming aholi evakuatsiya qilindi

Xitoyda ko‘l suvining ko‘tarilishi oqibatida 17 ming aholi evakuatsiya qilindi


Xitoyning Sichuan viloyatidagi to‘g‘on ko‘rinishidagi ko‘l suvining ko‘tarilishi munosabati bilan 17 mingdan ziyod aholi xavfsiz hududga ko‘chirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Sinxua” agentligi xabariga ko‘ra, Yantszi daryosining yuqori oqimidagi to‘g‘on shaklidagi ko‘l 3-noyabr kuni yuzaga kelgan edi.

To‘g‘on shaklidagi ko‘l suvining ko‘tarilishi oqibatida Sichuanning Gartsze nohiyasidagi aholi turar joylari, ekinzor va yaylovlar suv ostida qolgan, shuningdek, 17,3 ming kishi evakuatsiya qilingan.

Avvalroq, oktabr oyida Tibet va Sichuan chegarasida yuz bergan boshqa bir ko‘chki oqibatida to‘g‘on shaklidagi ko‘l yopilib qolgan, bir qator aholi punktlari tashqi dunyodan uzilib qolgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2018, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют