» » Sirdaryoda yuziga niqob taqqan to‘rt kishi xonadonga bostirib kirdi. Ular orasida kollej o‘quvchisi ham bo‘lgan

Sirdaryoda yuziga niqob taqqan to‘rt kishi xonadonga bostirib kirdi. Ular orasida kollej o‘quvchisi ham bo‘lgan


7-noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yashovchi I.Yu.ning uyiga shu shaharda yashovchi J.B., kollej 3-bosqich o‘quvchisi B.A., muqaddam sudlanganlar U.M. va I.M.yuzlariga niqob kiygan holda bostirib kirdi. Bu haqda IIB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Uning boshiga yog‘och bilan urib, pul talab qilgan vaqtlarida I.Yu.ning turmush o‘rtog‘i shovqin ko‘targan.

Natijada shu hududda xizmat olib borayotgan viloyat ichki ishlar organlari xodimlari voqea joyiga yetib kelib, 3 nafar bosqinchini qo‘lga oldi. Yana bir nafari — J.B. voqea joyidan qochib ketgan edi. Ko‘rilgan tezkor qidiruv natijalari tufayli u ham 8-noyabr kuni qo‘lga olindi.

I.Yu. tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 49) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют