» » O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘zini o‘zi qasddan o‘ldirishning og‘ir gunohligi haqida fatvo e’lon qildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘zini o‘zi qasddan o‘ldirishning og‘ir gunohligi haqida fatvo e’lon qildi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi saytida “O‘zini-o‘zi turli yo‘llar bilan qasddan o‘ldirishning og‘ir gunohligi haqida fatvo” matni e’lon qilindi. Fatvo 28 avgust kuni diniy idora raisi, muftiy Usmonxon Alimov tomonidan imzolangan.

Fatvoda alohida ta’kidlanishicha, “Alloh taologa shukrki, biz — musulmonlar inson uchun hamma hayot sharoitlari to‘liq muhayyo qilingan farovon jamiyatda yashamoqdamiz. Birov-birovni haq-huquqini kamsita olmaydi. Bunday adolatli jamiyatda yashash ayni saodatdir. Binobarin, bizning Vatanimizda o‘zini-o‘zi o‘ldirishga hech qanday sabab yo‘q”.

Shunga qaramay, “afsuslar bo‘lsinki, keyingi vaqtlarda ayrim kishilar, ayniqsa, xotin-qizlar bilib-bilmay o‘zlarining jonlariga qasd qilish orqali... og‘ir gunohga qo‘l urmoqdalar”. Fatvoda qayd etilishicha, “avtoulovning tezligini haddan oshirib haydash, yoki tamaki va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilishga mukkasidan ketish oqibatida inson o‘z hayotiga zomin bo‘lishi ham o‘z joniga qasd qilgan bilan barobardir”.

“Inson qilgan gunohlariga sidqidildan tavba qilsa, Alloh taolo uni mag‘firat qiladi. Ammo, insonning o‘z joniga qasd qilish holatida, agar uning bu xatti-harakati amalga oshsa, unga bu gunohdan tavba qilishning imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘z joniga qasd qilish insonga nisbatan shayton vasvasasining eng avj nuqtasi va shaytonning bir inson ustidan g‘alabasi hisoblanadi”, — deyiladi diniy idora fatvosida.

Hadislarda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o‘zini o‘ldirgan odamga janoza namozi o‘qimaganliklari aytilgan. Jobir bin Samuradan rivoyat qilinadi: “Bir kishi o‘zini o‘ldirib qo‘ydi, Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam unga janoza namozi o‘qimadilar” (Imom Termiziy rivoyati). Imom Nasaiyning rivoyatlarida Rasululloh sallalohu alayhi vasallam: “Men unga janoza namozi o‘qimayman”, — deganlar.

“Shunga ko‘ra ba’zi ulamolar, o‘zini o‘zi o‘ldirgan kishiga imom janoza namozi o‘qimaydi, balki, mayyitning yaqinlaridan biri o‘qiydi, deganlar. Buning sababi, odamlar o‘z joniga qasd qilishning oqibati yomon bo‘lishi, hatto unga katta jamoat bo‘lib, imom boshchiligida namoz o‘qilmasligini bilsinlar va bunday gunohi azimga qo‘l urishdan qo‘rqsinlar, degan ma’no bor”, — deyiladi fatvoda.

Fatvoda barcha imom-xatiblarga shunday ko‘rsatma berilgan: “Barcha imom-xatiblar inson o‘zini-o‘zi o‘ldirishni yoki o‘ziga o‘t qo‘yishi katta gunoh ekanligini musulmonlarga oyat va hadislar bilan isbotlab tushuntirishlari lozim... Shu bilan birga imom-xatiblardan o‘zini-o‘zi o‘ldirganlarga janoza namozi o‘qishdan bosh tortishlari, uylariga duoyi fotihaga, ma’raka marosimlariga bormasliklari talab etiladi. Balki, shunday holat yuz berganda janozani mayyitning uyida yaqinlaridan biri o‘qishlarini tushuntirishlari lozim bo‘ladi”.

O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi fatvosida qayd etilishicha, ruhiy kasalliklar tufayli o‘z joniga qasd qilganlar bundan mustasno. “Zero, aql-hushi joyida bo‘lganlargina mukallaf hisoblanadilar. Ya’ni, shariat ko‘rsatmalarini bajarishga va taqiqlaridan saqlanishga buyurilgan bo‘ladilar. Ammo, ruhiy kasalligi bor kishi o‘zining hech qanday tasarrufidan mas’ul bo‘lmaydi”, — deyiladi fatvoda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют