» » Elnur Abduraimov prof boksdagi 3-jangida raqibini 1-raunddayoq nokaut qildi

Elnur Abduraimov prof boksdagi 3-jangida raqibini 1-raunddayoq nokaut qildi


Professional boksning super yarim yengil vazn (- 58,96 kg) toifasida ringga chiqayotgan Elnur Abduraimov 10-noyabr kuni o‘zining uchinchi jangini o‘tkazdi.

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida joylashgan RMK yakkakurashlar akademiyasi sport saroyida bo‘lib o‘tgan jangda Elnurga braziliyalik Aelio Meskita raqiblik qildi. O‘zbekistonlik bokschi raqibini 1-raunddayoq Meskitani nokautga uchratib, g‘alaba qozondi.

Qayd etish joiz, Meskita kechagi jangga qadar professional boksda 19 ta jang o‘tkazib, ularning 17 tasida g‘alaba (15 ta nokaut) qozongan. Ikkita jangda imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Elnur Abduraimov esa prof boksda 2 ta jang o‘tkazib, ularning ikkalasida ham g‘alaba qozongandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют